TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki kunlik tashrif bilan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etish uchun Pekinga keldi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Rossiya prezidenti “Shoudu” xalqaro aeroportida kutib olindi.U “Bir makon, bir yo‘l” forumining ochilishida nutq so‘zlaydi.
Tarshif davomida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi, ulardan biri Xitoy raisi Si Szinpin bilan.
Xitoyda 17-18 oktabr kunlari "Bir makon, bir yo‘l" uchinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Unda o‘tgan 10-yillik davrda erishilgan asosiy natijalar sarhisob qilinadi, kelgusi hamkorlikning yangi vazifalari belgilab olinadi.
Sammit kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy, “yashil” taraqqiyot, raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham XXR raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.