O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida do‘stlik jamiyati tuzildi

“Belarus-O‘zbekiston” jamiyati Belarus xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar jamiyatida tuzildi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida do‘stlik jamiyati tuzildi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi xabar berdi.
“Belarus-O‘zbekiston” jamiyati Belarus xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar jamiyatida tuzildi. U 41-davlat do‘stlik jamiyatiga aylandi.
Uchrashuvda Belarus xorijiy davlatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar jamiyati raisi Nina Ivanova ta’kidlaganidek, jamiyatni tashkil etish O‘zbekiston madaniyati, tarixi va an’analari bilan yaqindan tanishish imkonini beruvchi keng ko‘lamli tadbirlarni o‘tkazishni nazarda tutadi.
“O‘zbekistonning dunyo mamlakatlari bilan aloqalarida Belarus alohida o‘rin tutadi. O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi geografik masofaga qaramay, hamkorlik jadal rivojlanmoqda, ikki do‘st mamlakat xalqlari juda yaqin va ko‘p umumiyliklarga ega”, — deydi O‘zbekistonning Belarusdagi muvaqqat ishlar vakili Rahmatulla Nazarov.
Avvalroq “Do‘stlik” uyida bir qator belarus-o‘zbek uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan va Belarus tomonining O‘zbekistonga, jumladan, adabiyot va san’at sohasiga katta qiziqishi borligini tasdiqladi.
Jamiyat boshqaruvi tarkibiga turli faoliyat sohalari vakillari kiritilgani ikki munosabatlarning faol rivojlanishini nazarda tutadi.