Iordaniya va Misr G‘azo sektoridan qochqinlarni qabul qilmaydi – qirol

Bugungi kunda Iordaniyada oldingi urushlar davomida G‘azo sektoridan ko‘chib kelgan ikki milliondan ortiq falastinlik qochqinlar yashaydi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Iordaniya va Misr G‘azo sektoridagi falastinlik qochqinlarni qabul qila olmaydi, Isroil ularni anklavdan majburan quvib chiqarmoqchi, dedi Iordaniya qiroli Abdulla II. Bu haqda RIA Novosti Iordaniyaning PETRA axborot agentligi xabariga asosan yozmoqda.

“Men nafaqat Iordaniya nomidan, balki Misrdagi birodarlarimiz nomidan ham qattiq gapiraman: na Iordaniya, na Misr qochqinlarni qabul qila olmadi, bu vaziyatning G‘azo sektoridagi Falastin va Iordan darosining G‘arbiy Sohili hududlarida hal qilinishi kerak bo‘lgan gumanitar jihatlari bor", - dedi qirol Germaniya kansleri Olaf Shols bilan Berlindagi uchrashuvidan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Iordaniya qiroli hafta boshida Falastin-Isroil mojarosini muhokama qilish maqsadida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bo‘ylab turne boshlagan edi.
Abdulla II falastinliklarning kelajagi bilan bog‘liq vaziyatni boshqa davlatlarga yuklashga urinib bo‘lmasligini ta’kidladi. Qirolning aytishiga ko‘ra, ayrim hukumatlar vaziyatdan foydalangan holda yangi voqelikni yaratishga harakat qilmoqda.
"Barcha vaziyatning naqadar og‘irligini va zo‘ravonlikni kamaytirish va to‘xtatish uchun qanday hamkorlik qilish kerakligini tushunib turibdi va biz bundan keyin nima bo‘lishini o‘ylashimiz kerak. Zo‘ravonlik to‘xtashi kerak va biz har safar bir xil zo‘ravonliklarni takror va takror davom ettira olmaymiz", - deb qo‘shimcha qildi qirol.
U “falastinliklarni va isroilliklarni qoniqtiruvchi siyosiy ufqlar topish zarurligini" ta’kidladi. Bu arablar va isroilliklarning birgalikda ishlashiga imkon beradi, dedi u, “aks holda zo‘ravonlik davri biz toqat qila olmaydigan darajada davom etadi”.
Shu bilan birga, qirol G‘azodagi urushni kengaytirish xavfi haqiqatda ekanligini va uning oqibatlari "barcha uchun dahshatli bo‘lishini" ta’kidladi.
O‘tgan haftada, Falastinning HAMAS harakati Isroil janubida amalga oshirgan bosqinchilik operatsiyasidan so‘ng Isroil harbiylari G‘azo sektorini ommaviy bombardimon qila boshladi va bu anklav aholisini shimoliy qismdan janubga ko‘chishga majbur qildi. Ayni damda G‘azo sektoridagi qurbonlar soni ikki mingdan oshdi, isroilliklar halok bo‘lganlar soni mingdan oshdi, bir necha ming isroillik va falastinliklar yaralandi.
Falastin-Isroil mojarosining avj olishi natijasida o‘n minglab tinch aholi isroillik harbiylar tomonidan bombardimon qilinishi va quruqlikdagi operatsiya boshlanishidan qo‘rqib, uylarini yo‘qotdi yoki uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.
Arab OAVlarining yozishiga ko‘ra, G‘azo sektoridan bir milliondan ortiq qochqinlar majburan chiqib ketganidan so‘ng G‘arb davlatlari Misr va Iordaniyaga ularning hududida qochqinlar lagerlari qurish uchun ning qattiq bosim o‘tkaza boshladi.
Bugungi kunda Iordaniyada 1948-49 yillarda va keyinchalik 1968-yilgi Olti kunlik urush paytida Isroil nazorati ostida bo‘lgan Falastin hududlarini tark etishga majbur bo‘lgan ikki milliondan ortiq falastinlik qochqinlar yashaydi, bu Yaqin Sharqdagi eng ko‘p falastinlik qochqinlar soni.
Tomonlarning hududiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan arab-isroil mojarosi mintaqada o‘nlab yillar davomida keskinlik va janglar manbai bo‘lib qolmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1947-yildagi qarorida ikki davlat - Isroil va Falastinning yaratilishini belgilab berilgan edi, ammo faqat bir davlat - Isroil paydo bo‘ldi, lekin u kelishuvning muhim qismi bo‘lgan, Falastin hududlarini to‘liq ozod qilmadi.