Belgiyada futbol muxlislarini o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan shaxs yo‘q qilindi

Kecha Brusselda futbol bo‘yicha Shveysiya terma jamoasining ikki muxlisi otib o‘ldirildi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Belgiyaning Sxarbek kommunasida Brusselda qurolli hujum uyushtirishda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olish chog‘ida yaralandi. Bu haqda RTBF telekanali xabar bermoqda.
“Bizning ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya qo‘lga olish paytida bir kishini yo‘q qildi. Gap dushanba kuni kechqurun terakt uyushtirgan kishi Abdulsalem L. haqida borayotgan bo‘lishi mumkin”, - deya ta’kidlashmoqda jurnalistlar.
Qayd etilishicha, u ko‘kragidan yaralangan va jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Belgiya hukumati aynan terakt uyushtirgan gumon qilinuvchi yo‘q qilinganini tasdiqlangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u kasalxonada vafot etgan.
16 oktabr kuni Brusselda futbol bo‘yicha Shveysiya terma jamoasining ikki muxlisi otib o‘ldirildi. Jinoyatchi voqea joyidan g‘oyib bo‘ldi. Belgiyada terrorchilik tahdidining maksimal darajasi e’lon qilindi. Otishma uyushtirgan erkak “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti a’zosi ekanini aytib, video joyladi. U 45 yoshli Abdulsalem bo‘lgan. Sxarbek kommunasida noqonuniy tarzda yashab kelgan va Tunisda terrorizmga aloqadorlik uchun sudlangan.
* O‘zbekiston, Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan