BBC va "Guardian" muxbirlari “Falastin tarafdori” bo‘lgani uchun efirdan chetlatildi

Qayd etilishicha, ular BBCning arabcha bo‘limi xodimlari bo‘lishgan.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. BBC mediakorporatsiyasi Yaqin Sharqda ishlayotgan olti nafar muxbirini efirdan chetlatdi. Bunga ularning Isroilga qarshi “HAMAS” xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaganlari sabab bo‘lgan. Bu haqda “Financial Times” va boshqa OAVlar xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ular BBCning arabcha bo‘limi xodimlari bo‘lishgan.
Bundan tashqari, bu muxbirlarning ba’zilari Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi postlarga layk bosishgan.
BBC zudlik bilan hodisani o‘rganishini ma’lum qilgan.
“The Guardian” ham gazeta bilan bir necha o‘n yildan buyon hamkorlik qilib kelgan karikaturachi rassom Stiv Bell bilan shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qildi. O‘tgan hafta Bell X ijtimoiy tarmog‘i uning Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu tasvirlagan suratini o‘chirib tashlaganidan shikoyat qilgan edi.