"Ushbu dramatik, og‘ir inqiroz uchun asosiy mas’uliyat — Qo‘shma Shtatlar zimmasida, chunki ular uzoq yillar davomida ushbu sohadagi kelishuvlarni monopoliyalashtirishga urinib, BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalarini e’tiborsiz qoldirdi. Hozir esa AQSh vaziyatga to‘g‘ri yechim topishga to‘sqinlik qilmoqda", — dedi Rabkov "Rossiya 24" telekanali efirida.
“Ushbu anklav (G‘azo sektori - tahr.) hududi va u yerda yashovchilar haqiqatda gumanitar falokat vaziyatida ... Ularga na tibbiy yordam ko‘rsatilyapti, na boshqa ehtiyojlar qondirilmoqda. Bularning barchasi dunyoda katta tashvish uyg‘otmoqda. Rossiya Federatsiyasi siyosiy yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarni maksimal darajada ko‘rmoqda, biz hozirgina bu haqda gapirgan edik, jumladan, BMT Xavfsizlik kengashi orqali biz gumanitar masalalarga qaratilgan rezolyutsiya loyihasini taqdim etdik”, — dedi vazir o‘rinbosari.