Toshkentda noqonuniy bino va inshootlarni buzish boshlanadi

Poytaxt hokimligi poytaxtdagi noqonuniy bino va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Toshkent shahri hokimiyatining ixtisoslashtirilgan xizmatlari noqonuniy bino va inshootlarni buzish ishlarini boshladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, shahar hokimligi va tegishli xizmatlarning ruxsatisiz, yo‘llar bo‘ylab qurilgan binolar aholi uchun xavf tug‘diradi. Ularda avtoturargoh va to‘xtash yo‘li yo‘q, bu esa haydovchining bir daqiqalik xaridi orqasidan boshqa haydovchilar va piyodalar uchun sezilarli noqulaylik va xavfga sabab bo‘ladi.
“Ushbu binolardan foydalangan tadbirkorlarga qonuniy asosda o‘z faoliyatini davom ettirish uchun sharoit yaratiladi”, - deyilgan xabarda.
Hokimlik maishiy va tijorat binolari egalarini hujjatlarning shaharsozlik meyorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqirgan. Shunga o‘xshash turdagi mulkni sotib olayotganda ehtiyot bo‘lish va yuridik xizmat kompaniyalari bilan maslahatlashish so‘ralgan.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahar kadastr xizmatlari tomonidan beriladigan hujjatlardan tashqari, bino va inshootlar uchun hujjatlarning muqobil turlari mavjud emas.
"Potensial xaridning barcha tafsilotlarini aniqlashtirish uchun vakolatli organlarga shaxsan yoki onlayn davlat xizmatlari orqali murojaat qiling. Faqat ishonchli va rasmiy ma’lumot manbalariga ishoning, aniq ma’lumot olish uchun shahar hokimligi matbuot xizmatiga 71 210−01−63 telefon raqami yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qiling", — deyiladi xabarda.
Yer uchastkalarini badal evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi belgilanmoqda