Sherzod Mamutov Gruziyada o‘tkazilgan “Satellite” turnirida sovrindor bo‘ldi

Sherzod Mamutov yarim finalda fransiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi va uchinchi o‘rinni egalladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha “Satellite” xalqaro turniri o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sherzod Mamutov bronza medaliga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Sherzod Mamutov yarim finalda fransiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi va uchinchi o‘rinni egalladi. Ushbu natija Mamutovga Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qimmatli ochkolarni taqdim qiladi.
Oltin medal: Kshishtof Kachkovski (Polsha);
Kumush medal: Tomas Martin (Fransiya);
Bronza medal: Sherzod Mamutov (O‘zbekiston);
Bronza medal: Enver Yildirim (Turkiya).