TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Singapurda bo‘lib o‘tgan "FIRST Global Challenge" robototexnika chempionatida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi quyidagicha:
Shukrullo Sodiqov - Buxoro shahri;
Mahkambek Teshabayev - Toshkent shahri;
Nazarboy Rahmonov - Toshkent shahri;
Abdulaziz Mirahmedov - Toshkent shahri;
Aydar Ermuxon – Toshkent shahri.
“Biz Singapurga kuchli jamoani olib keldik, ular qisqa vaqt ichida xalqaro chempionatga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rishdi. O‘zbekistonda robototexnika yildan yilga jadal rivojlanmoqda”, - dedi jamoa ustozi Safina Teshabayeva.
"FIRST Global Challenge" - har yili turli mamlakatlarda o‘tkaziladigan robototexnika bo‘yicha jahon chempionati hisoblanadi. Bu yilgi chempionatda 191 davlatdan vakillar ishtirok etishdi. O‘zbekiston terma jamoasi bu musobaqada ishtirok etish uchun 100 foiz grant yutib olgan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu chempionatda ikkinchi yil ishtirok etmoqda.