TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasida ishtirok etish uchun bugun, 16-oktabr kuni Samarqand viloyatiga bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.
Majmua hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Bu yerdagi qurilish-pardozlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Tashrif chog‘ida prezident YuNVTOning bosh sammiti ochilishida nutq so‘zlaydi. Tashkilot bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazish hamda turizm ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.