Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyuradi

Prezident Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari BMT tizimidagi ushbu yetakchi tuzilmaning bosh sammiti ochilishida nutq so‘zlaydi.
Tashrif dasturi doirasida, shuningdek, YuNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazish hamda turizm ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.
UNWTO bosh kotibi Samarqandga keldi