TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Robototexnika haqidagi YouTube kanal malakali IT-mutaxassislar AQShga qanday ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqidagi video joylashtirganidan so‘ng "Ilmga sodiqlik uchun" mukofotining qisqa ro‘yxatidan chiqarildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari Denis Sekirinskiyga asosan.
"Fan dunyo uchun" nominatsiyasi bilan bog‘liq bir vaziyat paydo bo‘ldi. Yakuniy ovoz berish bulletenida beshta nomzod bor edi, lekin ulardan birini qisqa ro‘yxatdan chiqarishni taklif qildik. Bu YouTube platformasidagi robotlar haqidagi kanal edi. Lekin yaqinda u yerda AQSh vizasi olish va u yerga ko‘chib o‘tish va "start ap" tashkil qilish haqida bahsli material paydo bo‘ldi", - dedi vazir o‘rinbosari "Ilmga sodiqlik uchun" Umumrossiya mukofoti majlisida.
"Albatta fan — dunyo uchun, lekin bunday to‘lov evaziga emas. Bu to‘g‘ri ish emas. Shuni uchun ushbu qarorimizni qo‘llab-quvvatlashingizni so‘raymiz", - dedi Sekirinsiky.
Rossiya ta’lim va fan vaziri Valeriy Falkov o‘z navbatida "Ilm millat tanlamaydi, lekin har bir olimning o‘z vatani bo‘lishi kerak, deb qo‘shimcha qildi.
Tashkiliy qo‘mita a’zolari YouTube kanalning ovoz berish qisqa ro‘yxatidan chiqarilishiga e’tiroz bildirishmadi.
RIA Novostining ma’lum qilishiga ko‘ra, malakali IT-mutaxassislari uchun AQShga ko‘chib o‘tish imkoniyatlari haqidagi videolavha 14-oktabr kuni "PRO ROBOTOV" yutub kanalida e’lon qilingan.
Rossiya Federatsiyasining "Ilmga sodiqlik uchun" mukofoti 2015-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, u ilm-fanni ommalashtirishda erishgan yutuqlari uchun beriladi. 2022-yildan buyon ushbu mukofot Rossiya prezidenti tomonidan e’lon qilingan "Fan va texnologiya o‘n yilligi" doirasida o‘tkazib kelinmoqda. 2023-yilda mukofotga rekord miqdorda arizalar kelib tushdi: Rossiyaning 78 ta hududidan 1213 ta ariza. Mukofotlar 14 ta nominatsiya bo‘yicha topshiriladi. G‘oliblarga besh yulduz shaklidagi haykalcha va pul mukofoti beriladi.