Futbol: O‘zbekiston-Misr o‘rtoqlik o‘yini — vaqt va manzil

O‘yin bugun soat 19:00 da Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun, 16-oktabr kuni FIFA kunlari doirasida ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.
Timur Kapadze qo‘l ostidagi futbolchilar bu gal so‘nggi Afrika kubogining finalchisi, Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma qo‘lga kiritib ulgurgan Misr U-23 terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
O‘yin bugun soat 19:00 da Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 jamoasi 3 kun oldin Ispaniyaga qarshi bahsda 0:0 hisobida durang o‘ynagan edi.