Polo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi — qaysi jamoa g‘olib?

Qizg‘in bahslar yakunida poytaxt jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Toshkentdagi “Universal Horses Stables” ot sporti majmuasida polo bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkazildi. Unda Respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 8 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qizg‘in bahslar yakunida poytaxt jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Jizzax viloyatiga nasib etgan bo‘lsa, Toshkent viloyati jamoasi kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Ta’kidlanishicha, shohsupaga ko‘tarila olmagan bo‘lsa ham, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatidan tashrif buyurgan polochilar o‘zlarining g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi bilan ajralib turdi.