TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Bugun, 15-oktabr kuni Isroilning Xolon texnologiya institutida (HIT) tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar Toshkentga uchib ketishgan. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.
Institut bilan talabalarning o‘qishini onlayn formatda davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Ular matematika, yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt kabi mashhur sohalarda tahsil oladi.
“Elchixona (HIT), Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet, Buxoro va Samarqand davlat universitetlari, shuningdek, “O‘zbekiston havo yo‘llari” AKning Tel-Avivdagi vakolatxonasiga talabalarni O‘zbekistonga jo‘natishda yordam bergani uchun o‘z minnatdorligini bildiradi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, HIT rektori Eduard Yakubovga alohida minnatdorlik bildirilgan.