Tuman va kechki salqin — Toshkentda 15-oktabr uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Toshkentda harorat +19 darajagacha isiydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4-6 iliq, kunduzi +17-19 daraja bo‘ladi.