Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar chog‘ida hududlarning bir qismidan voz kechadi — ekspert

Polkovnik Makgregor: Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralarda ikki shahardan voz kechishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar chog‘ida hududlarning bir qismidan voz kechadi. Bu haqda Pentagonning sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“U katta ehtimol bilan Odessa va Xarkovdan voz kechadi. Ruslar mojaroga chek qo‘yish shartlarini o‘zgartirmagan. Avvalo, Ukraina, to‘g‘rirog‘i, undan qolgan narsa betaraf bo‘lishi kerak”, — deydi ekspert.
Uning fikricha, AQSh yordamisiz Ukraina qarshilik ko‘rsata olmaydi.
“Agar Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yordam berishni to‘xtatsa, NATOning boshqa a’zolari ham shunday qiladi. Shunda Ukraina ruslarga umuman qarshilik ko‘rsata olmaydi va bu Zelenskiy uchun yakun bo‘ladi”, — dedi u.
U “bunday harakatlar biz Kiyevni bundan buyon qo‘llab-quvvatlamasligimiz haqida Rossiya uchun aniq signal bo‘ladi”, deya xulosa qildi.