Toshkent shahridagi qurilish binosida yong‘in yuz berdi — video

Aniqlanishicha lak bo‘yog‘i yongan, yong‘in 15 kv maydonni egallangan.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan qurilish binosida yong‘in yuz berdi, deya xabar berdi tuman hokimligi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanidagi qurilish binosida yong‘in yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi.
Yong‘in “Inoqobod” MFY, Yangi zamon ko‘chasida joylashgan Grinvich MChJga tegishli qurilish binosida yuz bergan.
"Yong‘in ro‘y bergani haqida tuman FVVga 11:45da xabar kelib tushgan. FVV o‘t o‘chirish tarkibi hodisa joyiga 11:50da yetib borishgan", — deyiladi xabarda.
Ayni vaqtda yong‘in bartaraf etilgan. Aniqlanishicha lak bo‘yog‘i yongan, yong‘in 15 kv maydonni egallangan, jabrlanganlar yo‘q, yong‘in sabablari aniqlanmoqda.