TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Rossiyalik mutaxassislar Mona Lizada “soch to‘kilishi” belgilarini aniqlashdi. Bu haqda RIA Novosti viloyat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.
Novosibirsk dermatologlari viloyat teri-venoz dispanserining 100-yilligiga bag‘ishlangan "Asrdan asrga" multimedia ko‘rgazmasida Mona Lizaga alopetsiya (patologik soch to‘kilishi) tashxisini qo‘yishdi.
Ko‘rgazmaning bir qismi taniqli rassomlarning portretlari bo‘lib, unda insoniyat tarix davomida teri kasalliklariga duch kelganining tasdig‘ini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
“Shunday qilib, Leonardo da Vinchining ramziy rasmida siz Jokondada alopetsiya belgilari borligini ko‘rishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Mona Lizadagi qosh va kirpiklarning yo‘qligi va sochlarining ingichkaligi alopetsiya belgisi hisoblanadi.