Olimlar dam olish kunlari kutilayotgan magnit bo‘ronlari xavfini baholadi

Olim: 14-15 oktabr kunlari magnit bo‘ronlari uchun hech qanday sabab yo‘q, Yer maydoni tinch bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. 14—15 oktabr kunlari kuchli magnit bo‘ronlari kuzatilishi haqidagi xabarlar ishonchsiz. Bu haqda Bu haqda Koinot tadqiqotlari instituti va Quyosh-yer fizikasi instituti quyosh astronomiyasi laboratoriyasi rahbari Sergey Bogachov RIA Novosti ma’lum qildi.
Avvalroq, ayrim internet resurslari kelayotgan dam olish kunlarida Yerni juda kuchli magnit bo‘roni kutayotgani haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, sentabr oyida Quyoshda kuchli portlash sodir bo‘ldi, shundan keyin yulduz energiya to‘plashi kerak. Shunday qilib, keyingi bir necha hafta davomida Yer magnitosferasi tinch bo‘ladi.
“Hozir Quyoshda faollikning vaqtinchalik pasayishi kuzatilmoqda. Oddiy qilib aytganda, yulduz sentabr oyidagi faoliyati davomida juda ko‘p energiya sarfladi va endi uning tiklanishi uchun vaqt kerak.
Shunga ko‘ra, oktabr oyining boshidan bizda quyoshda juda tinch vaziyat mavjud, bu prognozga ko‘ra, kamida yana 1-2 hafta, ehtimol oy oxirigacha davom etadi.