Mirziyoyev “Tashkent city”ga bordi — foto

Prezident Toshkent markazida qurilishi yakuniy bosqichda bo‘lgan bir qator boshqa inshootlarni ko‘zdan kechirdi.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Tashkent city”ga bordi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Toshkent – ulkan bunyodkorlik, zamonaviy biznes, ilm-fan va madaniyat markaziga aylandi.
Mirziyoyev “Tashkent city”ga bordi
"Tashkent city"dagi Xalqaro kongress markazida ko‘plab forum va anjumanlar bo‘lib o‘tgan. Kelgusida yana qator nufuzli sammitlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mirziyoyev “Tashkent city”ga bordi
Shu bilan birga, shinamlik darajasi yuqori mehmonxonalar, konsert va opera teatri barpo etilmoqda.
Mirziyoyev “Tashkent city”ga bordi
Davlat rahbari ulardagi qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Mirziyoyev “Tashkent city”ga bordi
Ushbu majmua san’at rivojini yangi darajaga ko‘tarish, madaniy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazishga xizmat qilishi qayd etildi.
Mirziyoyev “Tashkent city”ga bordi
Shuningdek, prezident Toshkent markazida qurilishi yakuniy bosqichda bo‘lgan bir qator boshqa inshootlarni ham ko‘zdan kechirdi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yangi infratuzilma inshootlarini ko‘zdan kechirmoqda