“Zapravka"lardagi 9 mln litrdan ko‘proq benzin sifatsiz ekanligi aniqlandi

Sifatsiz neft mahsulotlari eng ko‘p aniqlangan holatlar Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. "O‘zenergoinspeksiya" joriy yil yanvar-sentabr oylarida ayrim xususiy AYoQShlarda 9 mln 150 ming litr sifatsiz neft mahsulotlarining sotuvga chiqarilishining oldini oldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, nazorat tadbirlari davomida 225 ta holatda sifatsiz neft mahsulotlari sotilayotgani aniqlangan. Bunda jami 179 mln 39 ming litr neft mahsulotlarining 9 mln 150 ming litri (5,1%) sifatsizligi bois iste’molga chiqarilmagan.
Eng ko‘p aniqlangan holatlar Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.