Dollar, yevro va rubl tushdi — 16-oktabrda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Dollar so‘mga nisbatan 11,06 so‘mga arzonlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 11,06 so‘mga arzonlashdi va 12 217,85 so‘mni tashkil qildi. Yevro 120,59 so‘mga tushdi va 12 864,17 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl ham 0,48 so‘mga arzonlashib, 125,78 so‘mni tashkil qildi.