TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari faol jangovar harakatlarga o‘tishdi va Ukraina qarshi hujumi yakunlandi deb hisoblash mumkin. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya ma’lum qildi.
“Mana bir necha kundirki Rossiya qo‘shinlari frontning deyarli barcha chiziqlari bo‘ylab faol jangovar harakatlarga o‘tishdi. Shu bois Ukrainaning qarshi hujumi yakunlandi deb hisoblash mumkin”, - dedi u Rossiya tashabbusi bilan Kiyevga G‘arb qurol-yarog‘lari yetkazib berilishiga oid tashkil etilgan majlisda.
Ukraina armiyasi 4-iyundan buyon qarshi hujum qilishga muvaffaqiyatsiz urinmoqda. 12-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyev bu vaqtga kelib 71,5 ming harbiysi va 18,5 mingta tank va boshqa zirhli mashinasini yo‘qotganini ma’lum qildi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 26-sentabr kuni Ukraina sentabr oyining o‘zida 17 mingdan ziyod kishisini yo‘qotganini ma’lum qildi. Kiyevning “ qarshi hujumi” biror bir natija bermagan.