Mirziyoyev Bishkekda Lukashenko bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida o‘tayotgan MDH sammiti doirasida Belarus respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi
Yetakchilar O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etishdi.
Davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralarni ko‘rish, jumladan, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, Hududlar forumi hamda O‘zbekiston va Belarus yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchrashuvini tashkil etish muhimligini qayd etishdi.
MDH va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.