Rossiya MDHdagi hamkorlar bilan do‘stona munosabatlarni qadrlaydi – Putin

Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Rossiya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi (MDH) hamkorlar bilan tarixiy mustahkam va do‘stnona munosabatlarni qadrlaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bishkekdagi MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ma’lum qildi.
“Ta’kidlashni istardimki, Rossiya MDHdagi hamkorlar bilan tarixiy mustahkam, do‘stona va haqiqatdan ishonchli munosabatlarni chin dildan qadrlaydi”, - dedi Putin.