Putin: G‘arb Rossiyaning barcha hamkorlariga bosim o‘tkazishga urinmoqda

Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning barcha hamkorlari va MDH mamlakatlariga sirtdan bosim o‘tkazishga urinishayotganini ma’lum qildi. Biroq urinishlar qanchalik qattiq bo‘lsa, shunchalik ular muvaffaqiyatsiz bo‘lmoqda. MDH mamlakatlari yetakchilari milliy manfaatlaridan kelib chiqib, ish ko‘rishmoqda.
“Biz juda yaxshi bilamiz, bu yerda biror narsaning hojati yo‘q. Bu nafaqat MDH taalluqli, balki Rossiyaning barcha hamkorlariga taalluqli: hammaga bosim o‘tkazishga urinishmoqda... Biroq MDH mamlakatlari, biz yaxshi tushunamizki, ular avvalo milliy manfaatlaridan kelib chiqib, ish ko‘radigan kishilar”, - dedi Putin MDH sammitining tor doiradagi yig‘ilishida.