TOShKENT, 13 okt — Sputnik. MDH davlat rahbarlari rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni tashkil etish to‘g‘risidagi hujjatlarni imzolashdi.
MDH bosh kotibi Sergey Lebedevning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot boshqa mamlakatlarning kirishi uchun ochiq bo‘ladi. Hohlovchilar tashkilotga kuzatuvchi sifatida ham qo‘shilishlari mumkin.
"Tashkilot shafeligida xalqaro ilmiy anjumanlar, kitob ko‘rgazmalari, filmlar namoyishi, rus tilidan diktantlar va hokazolar o‘tkaziladi. Tashkilotning oliy organi vazirlar konferensiyasi bo‘lib, uning tarkibiga tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari kiradi. Hozirgi doimiy ishchi organ Bosh kotib boshchiligidagi kotibiyat bo‘ladi. Ishchi organning vazifalari vaqtincha Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi", — dedi MDH bosh kotibi Sergey Lebedev.
Ushbu xalqaro tashkilot kotibiyati joylashgan joy sifatida Rossiyaning Sochi shahrini belgilash taklif qilinmoqda.