MDH ishonchli, talabgor va samarali hamkorlik formati bo‘lib qolmoqda — Putin

Bishkekda MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. MDH ishonchli, talabgor va samarali hamkorlik formati bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
Bishkekda MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuv tor doirada boshlandi, unda faqat prezidentlar ishtirok etishmoqda.
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, MDH ishonchli, talabgor va samarali hamkorlik formati bo‘lib qolmoqda. Uning doirasida ishtirokchi davlatlar o‘zaro munosabatlarni faqat sheriklik, o‘zaro manfaatdorlik va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida quradilar.

"Bu umumiy diplomatik so‘zlarga o‘xshaydi, lekin buning ortida haqiqiy ishlar va munosabatlarimizning haqiqiy holati turibdi. Haqiqatan ham shunday", — dedi Rossiya rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ayrim davlatlar MDH formatida ishlamasa-da, kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Bishkekda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi sammiti o‘z ishini boshladi. Unda Rossiya, Belarus, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston yetakchilari ishtirok etmoqda.