TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Bishkekda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda Rossiya, Belarus, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston yetakchilari ishtirok etmoqda.
Sammit tadbirlari davomida MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi.