TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekistonda mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini kafolatli xarid qilish muddati uzaytirildi.
Prezident farmoni bilan “2022–2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan farmatsevtika mahsulotlari xaridlariga ajratilishi rejalashtirilgan davlat budjeti mablag‘lari miqdori doirasida mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini ijobiy klinik sinovlar natijalari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda sertifikatlash jarayonlari asosida 10 yilgacha bo‘lgan muddatga shartnoma tuzish orqali kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi (ilgari 3-yil edi).