Mirziyoyevning Bishkekka amaliy tashrif yakunlandi

O‘zbekiston prezidenti bugun MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) sammitida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga amaliy tashrifi yakunlandi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi, deb xabar berdi O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati.
“Manas” xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi - prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
O‘zbekiston prezidenti bugun MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi hamda Hamdo‘stlik doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun O‘zbekiston yetakchisiga tashkilotning oliy mukofoti – MDH Faxriy nishoni topshirildi.
Sammit doirasida Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.