2024 yilda Samarqand Hamdo‘stlikning madaniy poytaxtiga aylanadi — Putin

Bishkekda MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. 2024 yilda Samarqand estafetani Sankt-Peterburgdan olib, Hamdo‘stlikning madaniy poytaxtiga aylanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan MDH Davlat rahbarlarining tor doiradagi majlisida ma’lum qildi.

"Shavkat Mirziyoyevning qadimiy Samarqand shahri o‘zining boy madaniyati va ijtimoiy hayoti bilan mamlakatlarimizdan ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb etishi haqidagi fikriga shubhasiz qo‘shilaman. Men u yerga ( Samarqand- tahrir) yaqinda tashrif buyurdim. Yangi yaratilganlardan ko‘rganlarim — ta’sirli. Bu, albatta, O‘zbekiston uchun katta yutuq", — dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 14-aprel kuni bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida Samarqand 2024-yilda MDHning madaniy poytaxti bo‘lishi ma’lum qilingandi. Unda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev 2024-yilda Samarqandga MDHning madaniy poytaxti, shu yilning o‘zida Toshkent shahriga MDHning Yoshlar poytaxti maqomi berilishi O‘zbekistonning MDH doirasidagi o‘zaro hamkorligidagi faol ishtirokining yorqin dalili ekanini aytgan.