2024 yilda MDHga raislik Rossiyaga o‘tadi

Vladimir Putin: Rossiya MDHga bo‘lajak raislik davrida Hamdo‘stlik nufuzini mustahkamlash bo‘yicha faol ish olib borish tarafdori.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. 2024 yil 1-yanvardan MDHga raislik Rossiya Federatsiyasiga o‘tadi. Bu haqda Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
"Rossiya MDHga bo‘lajak raislik davrida Hamdo‘stlik nufuzini mustahkamlash bo‘yicha faol ish olib borish tarafdori", — deydi Vladimir Putin.
Qayd etilishicha, Moskva uchun asosiy masalalar iqtisodiy integratsiya, harbiy hamkorlik va tarixni soxtalashtirishga qarshi kurash bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Bishkekda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda Rossiya, Belarus, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston yetakchilari ishtirok etmoqda.
Sammit tadbirlari davomida MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi.