Zelenskiy G‘arbga umidsizlik bilan murojaat qildi — OAV

Politico: Zelenskiy yordamni qisqartirish yuzasidan umidsiz murojaat qildi.
Sputnik
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kutilmaganda Brusseldagi NATO mudofaa vazirlarining yig‘ilishida ishtirok etdi va umidsizlarcha murojaat qildi. Bu haqda RIA Novosti "Politico" nashriga tayanib yozmoqda.
Qayd etilishicha, Zelenskiyning vazirlar darajasidagi uchrashuvda chiqishi kutilmagan bo‘ldi.

"Ammo Rossiya sharqdagi hujumlarini qayta boshlagani va bu qishda keng jabhada oldinga siljishi mumkinligi sababli Kiyev G‘arb qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni ko‘proq yetkazib berishiga umidsizlarcha erishmoqchi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, maqolada aytilishicha, Zelenskiy Isroildagi voqealar Ukrainani ikkinchi o‘ringa o‘tkazmasligini aytdi. Biroq mualliflar bu umuman bunday emasligini ta’kidlab, NATO davlatlarini nafaqat Yaqin Sharqdagi voqealar chalg‘itayotganini qo‘shimcha qiladilar
Vazirlar uchrashuvi boshlanishidan bir necha soat oldin Finlyandiya va Estoniya o‘rtasidagi gaz quvuri va telekommunikatsiya kabelining shikastlanishi haqida xabar paydo bo‘lgan.
"Foreign Policy" jurnali avvalroq Yevropada Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam tufayli Isroil uchun o‘q-dorilar yetishmasligi yuzasidan xavotirlar haqida yozgan edi.
Shuningdek, NBC telekanalining Amerika ma’muriyati rasmiysiga tayanib xabar berishicha, Oq uy Kongress ma’qullashi uchun Isroil va Ukrainaga yordamni bir qonun loyihasi doirasida ko‘rib chiqish imkoniyatini o‘rganmoqda.