TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 12,92 so‘mga qimmatlashdi va 12 229,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 29,60 so‘mga ko‘tarildi va 12 984,76 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl ham 3,80 so‘mga ko‘tarildi, 126,26 so‘mni tashkil qildi.