TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Toshkentdagi Davlat sa’nat muzeyida “Tashkent Modernism.Index” ko‘rgazmasi ochiladi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Ko‘rgazma ochilishi 17-oktabr soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.
Ilk bor ko‘rgazma 2023-yilning aprel oyida Milan Triyennalesi makonida taqdim etilgan. Jamoatchilikka Armin Linke tasvirga tushirgan fotosuratlar va modernistik yodgorliklarga oid tadqiqot talqinlari va ularni muhofaza qilish strategiyalarini kashf etuvchi arxiv hujjatlari taqdim etilgan edi.
“Toshkentdagi taqdimot Davlat san’at muzeyidagi sara to‘plamlardan iborat 1960–80 yillardagi qo‘shimcha arxiv hujjatlari va san’at asarlari bilan to‘ldirilib, tashrif buyuruvchilarga mazkur davr madaniyati va me’morchiligiga beixtiyor sho‘ng‘ish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
Ko‘rgazma Davlat san’at muzeyida 20–31 oktabr kunlari soat 10:00 dan 19:00 gacha davom etadi.
Kirish bepul. Muzey Toshkent shahri Amir Temur shohko‘chasi 16-uyda joylashgan.