TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonga tashrif bilan bordi. U Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida va Rossiyaning Kantdagi aviabazasining 20-yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etadi, deb yozmoqda RIA Novosti.
MDH sammiti ertaga, 13-oktabr kuni Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov raisligida Bishkekda bo‘lib o‘tadi.
Bugun Putin Japarov bilan alohida muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, harbiy-texnikaviy hamkorlikni, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi masalalarni muhokama qiladi.
Shuningdek, prezidentlar Rossiyaning Kantdagi aviabazasining 20-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etadi.
Bundan tashqari, tashrif davomida Putin MDHdagi hamkasblari bilan bir qator alohida uchrashuvlar o‘tkazadi. Bugun u Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muloqot qiladi. Ertaga esa Rossiya prezidenti Tojikiston rahbari Emomali Rahmon bilan uchrashadi.