O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Iroq bilan o‘yinda g‘alaba qozondi

O‘yin 3:1 hisobida O‘zbekiston g‘alabasi bilan yakunlandi.
Sputnik
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston futzal termasi Iroqni mag‘lub qildi.
O‘yin 3:1 hisobida O‘zbekiston g‘alabasi bilan yakunlandi.
Gollarga Husniddin Nishonov (dubl), Elbek To‘lqinov, raqiblar safida esa Toriq Ziyod Sulaymon mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 2024-yil Tailand mezbonlik qiladigan Osiyo kubogiga yo‘llanmani muddatidan avval qo‘lga kiritgandi.