TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan MDH davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida ishtirok etmoqda.
Tashqi ishlar idoralari rahbarlari tor doirada muzokaralar olib bormoqda. Bugun ular kengaytirilgan formatda dolzarb masalalarni muhokama qiladi.