Bugun Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Bugun Toshkentning Uchtepa va Chilonzor tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Uchtepa tumani: "Zulfizar" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Chilonzor tumani: "Naqqoshlik" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.