O‘zbekiston Qatarning korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari bilan kelishuvlarga erishdi

O‘zbekiston delegatsiya Qatarda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul idoralari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘zbekiston Qatarning korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul idoralari bilan o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishdi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiya Qatar Davlat audit burosi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va qonun ustuvorligi markazi rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
O‘zbekiston Qatarning korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul idoralari bilan o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishdi.
Uchrashuvda quyidagilarga kelishildi:
Buro va Agentlik o‘rtasida hamkorlik bitimini imzolash:
Moliya, buxgalteriya sohasi vakillari, auditorlar va boshqa davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislar uchun o‘quv dasturlarini hamkorlikda ishlab chiqish:
Davlat xaridlari sohasida elektron dasturlar (Qatar - Archer GRC va O‘zbekiston - exarid.uz platformasi)ni solishtirish orqali ularni hamkorlikda takomillashtirish:
Buro hamda Agentlik xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish.

“Qatar tomoni Davlat audit burosi va O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida idoralararo hamkorlik bitimini ishlab chiqish va imzolashni taklif etdi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Qatarning Korrupsiyaga qarshi kurashish va qonun ustuvorligi markazi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
O‘zbekiston Qatarning korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul idoralari bilan o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishdi.
Unda ikki davlat rahbarlarining “Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida yutuqlari uchun” xalqaro mukofotining taqdirlash marosimini O‘zbekistonda o‘tkazishga oid kelishuvini amalga oshirish hamda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Qatarning korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul idoralari bilan o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishdi.
Qolaversa, Ma’muriy nazorat va ochiqlik idorasi hamda Qatar davlat Bosh prokuraturasi rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
O‘zbekiston korrupsiyani oldini olishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
Toshkentda Qatar tomonidan ta’sis etilgan global mukofotni topshirish marosimi o‘tkaziladi