O‘zbekistonlik dzudochilar “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etadi — ishtirokchilar ro‘yxati

Abu-Dabi shahrida 24-26 oktabr kunlari dzudo bo‘yicha navbatdagi “Katta dubulg‘a” turniri bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Abu-Dabida o‘tadigan “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etadi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
BAAning Abu-Dabi shahrida 24-26 oktabr kunlari dzudo bo‘yicha navbatdagi “Katta dubulg‘a” turniri bo‘lib o‘tadi.
Jahon va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun 1000 ochko taqdim qiladigan mazkur musobaqada 79 mamlakatdan 400 nafardan ziyod sportchi bahs olib borishi kutilmoqda.

“Murabbiylar shtabi Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlaridan so‘ng ko‘plab yetakchilarga dam bergani bois terma jamoamiz turnirda deyarli ikkinchi tarkib bilan qatnashadi”, — deyiladi xabarda.

“Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etuvchi sportchilar:
-60 kg: Doston Ro‘ziyev;
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov;
-66 kg: Muhriddin Tilovov;
-73 kg: Obidxon No‘monov;
-73 kg: Shahram Ahadov;
-81 kg: Nurbek Murtazoyev;
-81 kg: Muso Sobirov;
-100 kg: Otabek To‘raboyev;
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov;
-52 kg: Sita Qadamboyeva;
-57 kg: Shukurjon Aminova;
-70 kg: Gulnoza Matniyozova;
-70 kg: Shohista Nazarova;
+78 kg: Rinata Ilmatova.