Yangi dunyo tartibi BMT Nizomi tamoyillari asosida qurilishi kerak – Lavrov

Rossiya tashqi ishlar vaziri yangi dunyoni barpo etish uchun mustahkam zamin borligini ma’lum qildi. Bu - BMT Nizomi.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Yangi dunyo tartibi BMT Nizomi tamoyillari asosida qurilishi shart. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Ko‘z o‘ngimizda dunyoning madaniy sivilizatsiyasining xilma-xilligini aks ettiruvchi yangi, adolatliroq ko‘p qutbli dunyo tartibi yaralmoqda. Kelajak chiziqlari kurashda tug‘iladi”, - deyiladi Rossiya TIV saytida chop qilingan vazir maqolasida.
Lavrov o‘tgan hafta “Valday” forumi majlisida Rossiya prezidenti Vladimir Putin nutq so‘zlayotib, “oldimizda yangi dunyoni barpo etish vazifasi turganini” ma’lum qilganini eslatdi.
“Yangi dunyoni barpo etish uchun zamin bor, va u mustahkam – bu BMT Nizomi. Asosiysi hozir uni nizom tamoyillarini tanlash yo‘li bilan o‘z hoxishiga ko‘ra barbod qilishga yo‘l qo‘ymaslik, ularning barcha mamlakatlar tomonidan to‘liq va birgalikda bajarilishiga erishish”, - deya qayd etgan Rossiya vaziri.
Lavrov global mojaro xavfi ortib borayotganidan ogohlantirdi