TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Xitoyda o‘tkazilgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkent aeroportidan Milliy olimpiya qo‘mitasi binosigacha tantanali ravishda kuzatildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Avval xabar berilganidek, kecha Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentga qaytib keldi. Poytaxt aeroportida sportchilar tantanali ravishda kutib olindi.
Sportchilar aeroportdan Shota Rustaveli, Nukus, Afrosiyob, Sh. Rashidov, Amir Temur va Islom Karimov ko‘chalari orqali Milliy olimpiya qo‘mitasiga yetib borishdi.
Eslatib o‘tamiz, Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi jami 71 ta medal, shulardan 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza medaliga ega chiqdi.