Toshkent metrosida texnik nosozlik kuzatildi

Poyezd 12 daqiqa vaqt davomida harakatlana olmagan.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Toshkent metrosining Chilonzor yo‘nalishida texnik nosozlik kuzatildi.
Ma’lum qilinishicha, 10-oktabr kuni soat 17:12 larda Chilonzor yo‘nalishining Milliy bog‘-Novza peregoni estakasida harakatlanayotgan 29-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik kuzatilgan. Bunga yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgani sabab bo‘lgan.
Poyezd 12 daqiqa vaqt davomida harakatlana olmagan. Mashinist tezda chora ko‘rgan va poyezd yana harakatlanishda davom etgan.
“Hozir yo‘nalishda poyezdlar belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda”, - deya qo‘shimcha qilingan Toshkent metropoliteni xabarida.