Taekvondo: Madinabonu Mannopova Xitoyda o‘tkazilayotgan musobaqada medal qo‘lga kiritdi

Madinabonu Mannopova bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Bugun Xitoyning Tayyuan shahrida taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri musobaqasi start oldi. Unda qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi ilk medaliga sazovor bo‘ldi, deb yozmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
-49 kg vazn toifasida bahs olib borgan Madinabonu Mannopova bronza medalini qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik sportchi musobaqa davomida Turkiya, Marokash, Saudiya Arabistoni vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda xitoylik raqibiga imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, Madinabonu Mannopova yaqinda yakuniga yetgan Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ham bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.