Rossiya NATO qurollari Ukrainadan qayerga ketayotgani haqida ogohlantirdi — Zaxarova

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Bloomberg, VVS, The Associated Press, The New York Times va shular kabi boshqa yetakchi G‘arb OAVlari hech qachon bu ma’lumotlarni keltirmagan va ular asosida o‘z tekshiruvlarini ham o‘tkazmagan.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Bir yarim yildan beri Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO, birinchi navbatda, Amerika tomonidan Kiyevga yetkazib beriladigan qurollar xalqaro qora bozorga chiqishi haqida ogohlantirmoqda, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

“Bir yarim yil Rossiya Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan rasmiy brifinglarda men NATO, birinchi navbatda, Amerika tomonidan Zelenskiyga yetkazib berilayotgan qurollar “qora bozorlar”ga qanday tarqalayotgani haqida gapirib keldim. Buning sababini ham aytdim - Ukrainadagi korrupsiya hamda Vashington va Kiyev o‘rtasidagi korrupsion aloqa. Gapirdim, ogohlantirdim, dunyo OAVlaridan e’tibor berishni so‘radim”, - deb yozdi u Telegram kanalida.

Diplomat 20 dan ortiq brifingdagi bayonotlar misollarini keltirdi, unda u Ukraina uchun mo‘ljallangan G‘arb qurollarining sayyoraning turli nuqtalarida paydo bo‘lishi bo‘yicha aniq faktlarga ishora qilgan. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, Bloomberg, VVS, The Associated Press, The New York Times va shular kabi boshqa yetakchi G‘arb OAVlari hech qachon bu ma’lumotlarni keltirmagan va ular asosida o‘z tekshiruvlarini ham o‘tkazmagan.
Bir qator amerikalik siyosatchilar so‘nggi kunlarda Falastinning HAMAS harakati Isroilga hujum qilish uchun Ukrainadan olingan Amerika qurollaridan foydalangan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda, xususan, AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Marjori Teylor Grin ma’lum qildi.
“Juda o‘xshaydi”: Trampning o‘g‘li falastinliklar qo‘lida Amerika qurolini ko‘rib qoldi
7 oktabr kuni ertalab Isroil G‘azo sektoridan raketa hujumiga uchradi. Armiya matbuot xizmati respublika bo‘ylab uch mingdan ortiq raketa uchirilganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, HAMAS jangarilari raketa hujumlaridan so‘ng Isroil janubidagi chegara hududlariga kirib bordi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda qurbonlar soni 900 nafarga yetgan.
HAMASning harbiy qanoti “Al-Aqsa to‘foni” deb nomlangan operatsiya o‘tkazayotganini ma’lum qildi.
Isroil mudofaa armiyasi bunga javoban “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Mamlakatda harbiy holat e’lon qilindi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu xalqqa qilgan murojaatida respublika urush holatida ekanini aytib, zaxiralarni keng miqyosda safarbar qilishga buyruq berganini aytdi.
Isroil aviatsiyasi G‘azo sektoridagi nishonlarga zarba bera boshladi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar soni 687 nafarga yetdi.
Medvedev: Ukrainaga berilgan qurol-yarog‘ Isroilda faol qo‘llanilmoqda