TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, 12-14 oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
12-13 oktabr kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 13-oktabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.