TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Deputatlar Surayyo Rahmonovani Oliy Majlisning bolalar huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) lavozimiga saylashdi, deya xabar berdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.
"Deputatlar Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) lavozimiga Surayyo Rahmonovani sayladilar va mazkur qaror Oliy Majlisning Senatiga yuborildi", — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Surayyo Rahmonova 1978-yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. U avval Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari, AOKAda bo‘lim boshlig‘i kabi lavozimlarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) Aliya Yunusova lavozimini tark etayotganini ma’lum qilgandi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda bajaradi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan 5-yil muddatga saylanadi. Mazkur lavozimga esa nomzodni prezident tavsiya etadi.